Telegram Group Search
Kran - ikkinchi uyim: 44 yildan beri balandlikda ishlaydigan ayol

Farg‘ona shahrida yashovchi Muhtaram Meliboyeva 44 yildan beri kran boshqaradi. Korxonada erkaklar orasida ishlaydigan yagona ayolni barcha birdek hurmat qiladi. «61 yoshga kirdim, balandlikda ishlab rohatlanaman. Uyda bekor o‘tira olmayman, pensiyaga chiqsam-da, kran boshqaryapman», deydi u.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

👉 https://kun.uz/54518007

Kun.uz rasmiy kanali
Holand poker qildi - ammo maydonni norozi holda tark etdi. APLda kun o‘yinlari

Angliya chempionatida chempionlik poygasi davom etmoqda, «Arsenal» hamon birinchi, ammo «Manchester Siti» - favorit.

📹 👉 https://kun.uz/45067216

Kun.uz rasmiy kanali
2024-yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?

Eng shiddatli janglar qayerda bo‘lib o‘tishi mumkin va har ikki tomonda qanday harbiy texnikalar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi?

👉 https://kun.uz/85854993

Kun.uz rasmiy kanali
G‘arb va sovetlar qarama-qarshiligi – tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar

Ikkinchi jahon urushidan keyin sotsialistik lager lideriga aylangan SSSR ikkinchi qutb sifatida G‘arb bilan to‘qnash kela boshlaydi. Shunda har ikki tomon josuslik o‘yinlariga zo‘r beradi. Bu raqobatda ko‘proq G‘arb yutib chiqadi. Chunki G‘arb o‘lchovlari bilan baholaganda, arzimagan maoshga ishlovchi KGB xodimlarini katta pul evaziga sotib olish oson edi. G‘arbdan esa faqat sovet targ‘ibotiga uchgan shaxslar KGBga xizmat qiladi.

👉 https://kun.uz/88173955

Kun.uz rasmiy kanali
Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir». Urush suratlari

Urushning 801-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/82290626

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh fond indekslari o‘sishni boshladi, oltin va neft arzonlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Hafta davomida qimmatbaho metallarning barchasi arzonlashdi. Xususan, alyuminiy va oltin narxi mos ravishda 11 dollar va 36 dollarga, kumush va mis narxi 62 va 2 sentga pasaydi.

👉 https://kun.uz/89121455

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?

Turkiya G‘azodagi oxiri ko‘rinmayotgan bemisl fojialar sabab Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatishga qaror qildi. Kun.uz muxbiri bu jiddiy voqea haqidagi savollar bilan Anqara Hoji Bayram Veli universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi doktoranti Fazliddin Madiyevga yuzlandi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekani ma’lum bo‘ldi

U o‘rtoqlari bilan birga onasiga tegishli mashinani ruxsatsiz olib chiqib ketgan va o‘quvchi qizni urib yuborgan.

👉 https://kun.uz/10651102

Kun.uz rasmiy kanali
Antalyadagi turarjoy krizisi: Ukrainadagi urush ta’sirimi yoki Turkiya iqtisodiyotidagi muammolar?

Urush boshlanganidan so‘ng Turkiyaga Rossiya va Ukrainadan oqib kirgan migrantlar oqimi turarjoylar narxini osmonga ko‘tarib yubordi. Mahalliy aholi kelganlarni yashash narxi keskin ko‘tarilib ketganida ayblab kelmoqda.

👉 https://kun.uz/16553543

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rizq yo‘lidagi mashaqqatlar – kirakashlik qilayotgan ayollar bilan suhbat

Taksi chaqirganda ayol haydovchi kelishi bugun ajablanarli emas. Kun.uz shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ayollarni suhbatga tortib, bu tanlovlarining sabablari, muammolar va qulayliklari haqida savollarga javob oldi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Olimpiada yo‘llanmasi, Soliq qo‘mitasining “ishtahasi” va zaiflashgan so‘z erkinligi - hafta dayjesti

O‘zbek futboli oxirgi 30 yildagi eng katta yutug‘ini qo‘lga kiritdi. So‘z erkinligi reytingida O‘zbekistonning o‘rni yana pasaydi. Uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin. Toshkentning 100 ta mahallasida kutubxona ochilyapti. Rasmiy kambag‘allik chegarasi yangilandi. Oʻtgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzor tumani Furqat ko‘chasi Magic city qarshisida Tesla va Lacetti ishtirokida YTH yuz berdi. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/50447981

Kun.uz rasmiy kanali
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi so‘zlariga ko‘ra, harbiy yordam Ukrainaga 2024 yilda mudofaani ushlab turish va 2025 yilda hujum boshlash imkonini beradi. Biroq, Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat «o‘chirish tugmachasi» bilan bittada o‘zgarmaydi.

👉 https://kun.uz/43981572

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Tojikistonning 16 nafar fuqarosi Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Qozog‘istonda politsiya departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik fuqarolarning noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi, deb xabar beradi Polisia.kz.

👉 https://kun.uz/67955912

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi. Rejalashtirilgan loyihalar - Yangi Toshkent infratuzilmasini barpo etish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazini, elektr stansiyalarini qurish, Nukus, Farg‘ona, Quvasoyda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish.

👉 https://kun.uz/22503621

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil bosh vaziri mamlakatda Al Jazeera yopilishini tasdiqladi

Isroil hukumati Qatar telekanalini HAMAS harakatining tayanchi deb biladi va bir ovozdan Al Jazeera telekanalini mamlakatda taqiqlash uchun ovoz berdi.

👉 https://kun.uz/68690623

Kun.uz rasmiy kanali
Qashqadaryoda sel ko‘prikni buzib ketdi

Holat Chiroqchi tumani Bolsuvar mahallasida ro‘y bergan. Mahalliy aholining Kun.uz’ga xabar berishicha, kuchli sel suvlari soy ustiga qurilgan ko‘prikni buzib, oqizib ketgan. Natijada yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgan. Sel oqibatlari va ko‘rilgan zarar bo‘yicha hozircha ma’lumot yo‘q.

Kun.uz rasmiy kanali
2024/05/27 09:13:41
Back to Top
HTML Embed Code: